Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Superliga 20-turi: eng ko‘p muxlis Namanganda qayd etildi

Superliga 20-turi: eng ko‘p muxlis Namanganda qayd etildi

O‘zbekiston Superligasi 20-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni ma’lum qilindi.

Turning eng yuqori ko‘rsatkichi Namanganda qayd etildi. "Navbahor" — "Lokomotiv" uchrashuvini Markaziy stadion tribunalaridan 18 287 nafar muxlis tomosha qildi.

"Qizilqum" — "Buxoro" bahsiga 8 753 nafar, "Nasaf" — "Neftchi" uchrashuviga esa 8 269 nafar ishqiboz tashrif buyurdi. "Paxtakor" — "Andijon" bahsini 4 332, "Qo‘qon-1912" — "Dinamo" o‘yinini 3 100, "So‘g‘diyona" — "Mash’al" uchrashuvini 2 412 nafar muxlis stadiondan kuzatdi.

OKMK — "Xorazm" bahsida 1 615 nafar tomoshabin qayd etilgan. Turdagi eng past ko‘rsatkich esa "JAR" stadionida o‘tgan "Bunyodkor" — "Surxon" uchrashuviga to‘g‘ri keldi — 602 nafar muxlis.

Umuman, Superliganing 20-turidagi sakkizta uchrashuvni stadionlardan jami 47 370 nafar muxlis tomosha qildi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha qariyb 5 921 nafar tomoshabin to‘g‘ri kelganini anglatadi.

Superliga 20-turi: eng ko‘p muxlis Namanganda qayd etildi

Kiritildi: 15:09 07.09.2026. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!