Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Super Chess Classic. Sindarov musobaqada 3-o‘rinni egalladi

Super Chess Classic. Sindarov musobaqada 3-o‘rinni egalladi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour 2026 turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi bosqichi — Super Chess Classic musobaqasi yakuniga yetdi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov turnirning 9-turi doirasida AQShlik Uesli Soga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Raqib ortiqcha tavakkalga qo‘l urmadi va xotirjam yo‘nalishni tanladi. Natijada 46-yurishdan keyin durangga imzo chekishdi.

Ushbu durang evaziga Sindarovning ochkolari 5 taga yetdi va shuncha ochko jamg‘argan Uesli So bilan birga 3-o‘rinni band etdi. Har ikki shaxmatchi 42 500 dollar miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.

Germaniyalik Vinsent Keymer so‘nggi turda Yorden van Forestni mag‘lub etib, 6 ochko bilan musobaqaga g‘olibiga aylandi. AQShlik Fabiano Karuana 5,5 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

Super Chess Classic. Sindarov musobaqada 3-o‘rinni egalladi

Kiritildi: 23:33 23.05.2026. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!