Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Sun’iy intellekt olamidagi eng boy tadbirkor nomi ma’lum bo‘ldi

Sun’iy intellekt olamidagi eng boy tadbirkor nomi ma’lum bo‘ldi

Bloomberg nashrining yozishicha, DeepSeek asoschisi Lyan Venfen sun’iy intellekt modellarini yaratuvchi eng boy shaxslar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

«DeepSeek asoschisi Lyan Venfenning boyligi kompaniyasi tomonidan jalb qilingan so‘nggi investisiyalar raundidan so‘ng ikki barobardan ortiqqa o‘sdi. Buning natijasida xitoylik tadbirkor dunyodagi sun’iy intellekt modellari asoschilari orasida eng boy insonga aylandi», — deyiladi materialda.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Lyan Venfenning boyligi 36 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich OpenAI asoschisi va prezidenti Greg Brokman, shuningdek, Anthropic asoschisi va rahbari Dario Amodeyning boyligidan sezilarli darajada yuqori.

Kiritildi: 16:19 14.07.2026. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!