Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Sun’iy intellekt butun insoniyatni yo‘q qiladimi?

Sun’iy intellekt butun insoniyatni yo‘q qiladimi?

Sun’iy intellekt yaqin o‘n yil ichida «butun insoniyatning halok bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin». Anthropic kompaniyasida sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha ekspert Evan Xyubinger shunday fikr bildirdi. Uning bahosiga ko‘ra, bunday ssenariy amalga oshishi ehtimoli taxminan 10 foizni tashkil qiladi.

Evan Xyubinger X ijtimoiy tarmog‘idagi postida hozir mavjud sun’iy intellekt modellari bilan bog‘liq xavflar nisbatan kichik ekanini ta’kidladi. Biroq sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida yangi modellar shunday darajada mustaqillikka erishishi mumkinki, ular insoniyat mavjudligiga tahdid sola boshlaydi.

Uning bu bayonoti Financial Times nashri Anthropic o‘zining eng yangi modeliga Britaniya sun’iy intellekt xavfsizligi instituti (AISI)ga kirish imkonini bermagani haqida xabar bergan bir paytda yangradi. AISI sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavflarni baholash bilan shug‘ullanuvchi yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Bi-bi-si izoh olish uchun Anthropic kompaniyasiga murojaat qildi.

Xyubinger kelajakda sun’iy intellekt tizimlari insoniyatga aynan qanday tarzda hujum qilishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Uning bayonoti shu hafta Anthropic kompaniyasidan ishdan ketgan, avvalroq OpenAIda faoliyat yuritgan sun’iy intellekt sohasi eksperti Jeykob Koksonning X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga javob tariqasida yangradi.

«Ushbu kompaniyalarning hech biri o‘zini mas’uliyatli tutmayapti», — deb yozdi Jeykob Kokson Anthropicdan ketish qarorini izohlar ekan.

Kiritildi: 20:57 09.09.2026. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!