Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumani va Toshkent viloyati Toshkent tumanida tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida jami 217 ta iste’molchining elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, shundan 17 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi. Shuningdek, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha o‘rganishda 42 ta iste’molchining 5 tasida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan iste’molchilar tarmoqdan ajratildi. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.