Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sukerberg eng boy odamlar uchligiga kirdi

A A A
Sukerberg eng boy odamlar uchligiga kirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg eng boy odamlar ro‘yxatining 3-o‘riniga ko‘tarilib oldi. U Bloomberg tomonidan tayyorlanuvchi reytingda amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetdan o‘zib ketdi.

Bloomberg’ning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Sukerbergning boyligi 81,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa 81,2 mlrd dollarga ega Baffetnikidan 373 mln dollarga ko‘proqdir. Ta’kidlanishicha, Sukerberg 6 iyunda Facebook aksiyalari narxi 2,4 foizga qimmatlashgandan keyin Baffetni ortda qoldira oldi.

Reytingda hamon Amazon asoschisi Jeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi 142 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts 94,2 mlrd dollar bilan egallamoqda.

Ta’kidlanishicha, shu tariqa ilk bor dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatining eng yuqori 3 pog‘onasini o‘z biznesini axborot texnologiyalari negizida qurgan tadbirkorlar egallamoqda.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:01 07.07.2018. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik