O‘zbekiston superligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish Jizzaxning “So‘g‘diyona” va Pro-ligada ikkinchi bo‘lgan “Mash’al” jamoalari kurash olib borishdi.
Superliga jamoasi sanalgan “So‘g‘diyona” bu uchrashuvda o‘z tajribasidan foydalanib, yakunda 3-1 hisobida g‘alaba qozondi. “Mash’al” esa yana pro-ligada faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Superligaga o‘tish o‘yini
“So‘g‘diyona” - “Mash’al” 3-1
Gollar: Shohruz Norxonov (38), Sernas Darvidas (48), Oybek Nurmatov (72) —Sardor Rahmonov (79, penalti).