Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrga qadar sudyalar o‘z daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklarasiyani Sudyalar oliy kengashiga taqdim etadi.
Shuningdek, 2027 yil 1 maydan boshlab sud apparati xodimlari ham manfaatlar to‘qnashuvi va daromad-mulk deklarasiyasini Oliy sudga topshirishi belgilanadi.
Deklarasiyalarni tekshirish va tahlil qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.