NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiya tez orada alyansga qo‘shila olishiga ishonchi komil ekanligini aytdi.
“Ishonchim komilki, Finlyandiya va Shvesiya yaqin kelajakda alyansning to‘laqonli a’zolariga aylanadi”, — deya Stoltenberg so‘zlarini keltirgan Bloomberg.
NATO bosh kotibi, shuningdek, Shvesiya va Finlyandiya Anqara bilan kelishuvga erishganini, shuning uchun “alyansga qo‘shilish uchun hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak”ligini ta’kidladi.
6 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga Moskvaning javobi harbiy bazalarning joylashtirilishiga bog‘liqligini aytdi.