Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Stokgolmda masjidga nisbatan vandallik harakati sodir etildi

Stokgolmda masjidga nisbatan vandallik harakati sodir etildi

Shvesiya poytaxti Stokgolm shahrida noma’lum shaxslar masjidga nisbatan vandallik harakatini amalga oshirdi. Bu haqda diniy muassasa rahbariyati ma’lum qildi.

Masjid ma’muriyatining bildirishicha, bino yonidagi zinapoya panjarasiga zanjir bilan bog‘lab qo‘yilgan Qur’on nusxasi topilgan. Muqaddas kitobda oltita o‘q izi borligi aniqlangan.

Stokgolm masjidi kengashi raisi Mahmud Xalafiy «Anadolu» agentligiga bergan izohida mamlakatda islomofobiya va toqatsizlik bilan bog‘liq holatlar soni ortib borayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea yuzasidan polisiya tomonidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, ushbu holat musulmon jamoatchiligida jiddiy norozilik uyg‘otgan.

«Qur’on nusxasi masjidga olib chiquvchi zinapoya panjarasiga zanjir bilan bog‘lab qo‘yilgan edi. Muqaddas kitobda oltita o‘q teshigi bor. Shuningdek, unda arab va shved tillarida “Tashrif uchun rahmat, ammo uyga qaytish vaqti keldi” degan yozuvlar qoldirilgan. Biz bu xabarni musulmonlarga qarshi qaratilgan ochiq ksenofobik bayonot sifatida qabul qilamiz», — dedi Xalafiy.

Kiritildi: Bugun 13:21. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!