Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Stiv Uitkoff qayerda? AQSh delegasiyasiga Marko Rubio boshchilik qiladimi?!

Stiv Uitkoff qayerda? AQSh delegasiyasiga Marko Rubio boshchilik qiladimi?!

Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan Budapesht sammiti oldidan ikki davlat prezidentlarining avgust oyi o‘rtalarida Alyaskada bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvidan ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) Oq uydagi manbalarga tayanib. Manbalarga ko‘ra, AQSh delegasiyasiga AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rniga davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qiladi, bu ham Ukraina, ham Yevropa rasmiylari tomonidan olqishlangan.

«Parda ortida [AQSh prezidenti Donald] Trampning jamoasi ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralarni u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan avgustdagi sammitida qo‘llaganidan ko‘ra kuchliroq diplomatik ta’sirlar bilan mustahkamlash ustida ishlamoqda», deb yozadi WSJ. Jurnalistlarning fikricha, Trampning Putin bilan navbatdagi sammitni tashkil etish haqidagi qarori «xavfsiz emas», chunki Oq uy va Kreml rahbarlarining avvalgi uchrashuvi katta muvaffaqiyatlarsiz yakunlangan va «asosan Moskvaning g‘alabasi sifatida ko‘rilgan».

16 oktyabr oqshomida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifidan bir kun oldin Tramp Putin bilan ikki soatlik telefon muloqoti o‘tkazdi. Suhbatdan so‘ng u Budapeshtda Rossiya prezidenti bilan uchrashishga kelishib olganini ma’lum qildi. Ularning sammiti Amerika va Rossiya delegasiyalarining uchrashuvida tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:52 20.10.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!