Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 370,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,2 mln dona mobil telefon import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 219,9 ming donaga yoki 7,4 % ga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 2 488 985 dona;
Vyetnam – 619 249 dona;
BAA – 65 332 dona;
Hindiston – 31 858 dona;
Koreya – 4 862 dona;
Boshqa davlatlar – 2 246 dona.