Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Starmer va Makronning rejasi Yevropaning zaifligini ko‘rsatmoqda

Starmer va Makronning rejasi Yevropaning zaifligini ko‘rsatmoqda

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tinchlik o‘rnatilsa, Ukrainaga 15 000 ga yaqin harbiy yuborishni va’da qilgan.

Bloomberg xabariga ko‘ra, avvalroq, Britaniya 64 000 kishilik koalisiya tarkibida 10 000 nafar harbiy yuborish variantini taklif qilgan, ammo rotasiya hisobiga bu 30 000 kishini talab qilishi ma’lum bo‘lgan.

"Britaniya hozirdanoq Estoniyada 900 harbiyni joylashtirish bilan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Fransuz-britan tashabbusi Ukrainaning ma’naviy ruhini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, lekin AQSh havo kuchlari kafolatlari bo‘lmasa, Moskva butkul tinchlikka rozi bo‘lsa ham Putinga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Kontingentlarning kamligi va Germaniyaning ehtiyotkorligi Yevropaning zaifligini ko‘rsatmoqda", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!