Starlink Mobile dunyo bo‘ylab ishga tushirishga tayyorlanmoqda — AQSh Federal aloqa komissiyasi.
SpaceX xalqaro telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat oldi. Kompaniya global rouming va Direct-to-Cell texnologiyasini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Biroq ayrim mamlakatlarda xizmatni ishga tushirish uchun mahalliy regulyatorlarning ruxsati talab etiladi.
Yangi avlod Starlink Mobile xizmati qo‘ng‘iroqlar va 150 Mbit/s gacha tezlikdagi internetni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.