Spirt asosidagi antiseptiklar bakteriyalarga qarshi kurashda samarali vosita bo‘lmay qoldi. Bunday xulosaga professor Timoti Staynir rahbarligidagi avstraliyalik shifokorlar keldi, deb yozadi «RIA Novosti»ga asosan Daryo.
Bunga 2000 yillar o‘rtalaridan kasalxonalarda antibakterial gel dozatorlari keng tarqalib ketgani sabab bo‘ldi. O‘shanda olimlar qo‘llarning dezinfeksiya qilinishi metisillin-rezistent tillarang stafilokokk (MRSA)ning tarqalishini tormozlashini isbotlagan edi. Ushbu mikroorganizm, xususan, sepsis va pnevmoniyani keltirib chiqaradi hamda ko‘p dorilarga nisbatan chidamli.
Olimlar aniqlashicha, antiseptiklardan foydalanish vankomisin-rezistent enterokokk (VRE)lar shtammining o‘sishiga olib keladi. Bu mikroblar sepsisni chaqiradi va dunyodagi barcha infeksiyalarning 10 foizi sababchisi hisoblanadi. Etanol bilan aloqadan keyin tirik qolgan enterokokklar kemiruvchilar ichaklarini tezroq egallab oladi. Bu esa, mutaxassislar fikricha, vositadan ko‘p foydalanganlik natijasidir.