Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Spirtli ichimliklar qimmatlashdi

A A A
Spirtli ichimliklar qimmatlashdi

Xo‘sh, nega spirtli ichimliklarning narxi oshdi?

 

Spirtli ichimliklar narxlarining qimmatlashishining asosiy sabablaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 5 mart kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2018 yilning 1 iyunidan boshlab pivo va aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirilgan qo‘shimcha to‘lovlarning joriy qilinganligidir. 

 

Shuni alohida qayd etish lozimki, joriy yilning iyun oyi davomida spirtli ichimliklar chakana savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi aksariyat korxonalar o‘zlaridagi qoldiq mahsulotlarini o‘zgarmagan narxlarda sotgan. Spirtli ichimliklar narxlariga qo‘llanilgan qo‘shimcha to‘lovlar ikkinchi yarim yillikdan boshlab ushbu tur mahsulotlar narxiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqida Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lum qildi.

Uza.uz

Kiritildi: 11:11 02.07.2018. O'qildi: 4086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik