Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Spark avtomashinasining 54 ta jarimasi: 22 million so‘m to‘lov undirildi

Spark avtomashinasining 54 ta jarimasi: 22 million so‘m to‘lov undirildi

Farg‘ona viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan ma’muriy jarimalarni undirish bo‘yicha olib borilgan navbatdagi tadbirlar o‘z samarasini berdi. Tekshiruvlar davomida bir fuqaroga tegishli bo‘lgan, jami 22 million so‘m qarz va 54 ta ma’muriy jarima mavjudligi aniqlandi.

Qarzdorga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashina qidiruv tadbirlari natijasida topilib, belgilangan tartibda xatlandi hamda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Qizig‘i shundaki, avtomashina egasi o‘z mulkiga befarq emasligi namoyon bo‘ldi. U transport vositasini jarima maydonchasida uzoq qoldirishni istamadi. Shu kunning o‘zidayoq Majburiy ijro byurosiga kelib, barcha qarz va jarimalarni to‘liq qopladi.

Natijada, endi u hech qanday qarzdorliksiz, ko‘ngli xotirjam holda o‘z avtomashinasidan bemalol foydalanishi mumkin.

Xulosa o‘rnida: Qarzni o‘z vaqtida to‘lash — ortiqcha muammolarning oldini oladi. Aks holda esa, majburiy choralar qo‘llanilishi muqarrar.

Kiritildi: Bugun 09:08. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!