Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

SpaceX 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi

SpaceX 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi

Amerikaning SpaceX kompaniyasi 19 mart, seshanba kuni koinotga 22 ta Starlink internet sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda Space.com xabar bermoqda.

Falcon 9 raketasi 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshi bilan Kaliforniyadagi uchirish maydonidan havoga ko‘tarildi. Raketaning birinchi bosqichi uchirilgandan taxminan 8,5 daqiqa o‘tib Yerga qaytdi. U Tinch okeanida uchuvchisiz kemaga vertikal ravishda qo‘ndi.

Sun’iy yo‘ldoshlar rejalashtirilgan orbitaga uchirilgandan so‘ng taxminan 62,5 daqiqadan so‘ng joylashtirildi.

Falcon 9 uchun bu yil boshidan buyon 26-parvoz bo‘lib, ulardan 17 tasi Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan edi. Hozirda fazoda 5500 dan ortiq faol Starlink sun’iy yo‘ldoshlari mavjud, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 14:02 22.03.2024. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!