Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Soxta eksport operasiyasiga chek qo‘yildi

Soxta eksport operasiyasiga chek qo‘yildi

Afsuski, bugun oramizda “uddaburon tadbirkorlar” ham borki, ular yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish o‘rniga noqonuniy va aldov yo‘llar bilan bojxona xodimlarini chalg‘itib, tovarlarni boshqa nom bilan deklarasiyalab, ularning narxini sun’iy oshirib, eksport qilishga urinmoqda.

Ana shunday tadbirkorlardan biri 2019 yil 24 avgust kuni yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan “G’ulomjon-Bog’lari” fermer xo‘jaligining ishonchli vakili fuqaro X.S. tomonidan vazni 21 tonnani tashkil etuvchi 720 ta qoplarga joylangan, umumiy qiymati 315 ming AQSh dollarlik quritilgan qalampir urug‘lari tovarini “Eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklarasiyasini Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat postiga taqdim qiladi.

Mazkur bojxona yuk deklarasiyasi bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlanganligi sababli “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tovarni to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan holda post xodimlari va xolislar ishtirokida avtotransport vositasiga ortilgan tovar bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi. Natijada bojxona ko‘rigi davomida bojxona yuk deklarasiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovardan bor yo‘g‘i 134 ta qopda  jami 2,65 tonna mavjudligi, hujjatlarda ko‘rsatilganidan 586 ta qop, 18,35 tonnaga kamligi ma’lum bo‘ldi.

Buning o‘rniga esa avtotransport vositasida hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan 443 ta qopga joylangan, vazni  9,53 tonnani tashkil etuvchi  quritilib maydalangan olma mahsulotlari borligi aniqlandi.

Bojxona ko‘rigi natijasiga asoslanib, fermer xo‘jalik ishonchli vakili X.S.ga nisbatan bojxona qoidabuzarlik bayonnomasini rasmiylashtirilib, hujjatlarda ko‘rsatilmagan tovarlar vaqtincha saqlov olib qo‘yildi.

Xo‘sh, yuqoridagi qonunbuzarlik holatini  sodir etgan “uddaburon”  o‘zining qing‘ir xatti-harakatlari bilan nimaga erishdi?

Endilikda mazkur tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan eksport va import operasiyalari “Xavfni boshqarish tizimi” tomonidan avtomatik ravishda  yuqori xavf darajasiga mansubligi belgilanib, “qizil” yo‘lakka yo‘naltiriladi.

Bu esa ushbu “tadbirkor”ning halol tadbirkorlar uchun ko‘zda tutilgan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan muayyan muddatga foydalana olmasligini anglatadi.

Zero, qonunga itoatkor tadbirkorlar hamisha qonun himoyasidadir!

Kiritildi: 13:45 26.08.2019. O'qildi: 2134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!