Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Somali Ebola tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytirdi

Somali Ebola tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytirdi

Somali hukumati Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada qayd etilgan Ebola virusi tarqalishi fonida favqulodda profilaktik choralarni joriy qildi.

Somali milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, rasmiylar erta tashxis qo‘yish, aholini xabardor qilish va mintaqaviy tibbiyot idoralari bilan muvofiqlashtirish ishlariga asosiy e’tibor qaratmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Maryan Muhammad Husaynning aytishicha, mamlakat chegaralari ochiq bo‘lgani sababli odamlar qo‘shni davlatlar o‘rtasida doimiy harakatlanmoqda va bu virus kirib kelishi xavfini oshirmoqda.

Shuningdek, Mogadishudagi Martini kasalxonasi Ebolaga gumon qilingan bemorlarni tekshirish uchun maxsus markaz etib belgilangan.

Hozircha Somalida Ebola holatlari aniqlanmagan. Biroq rasmiylar hatto bitta gumonli holat ham sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

15 may kuni Kongo DR va Uganda rasman Ebola epidemiyasini e’lon qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kongoda virusdan 204 kishi vafot etgan, 900 dan ortiq gumonli holat qayd etilgan. Ugandada esa bir o‘lim va yettita kasallanish holati aniqlangan.

Kiritildi: Bugun 22:01. O'qildi: 117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!