Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining yangi tahriri yuzasidan takliflarni qabul qilish uchun maxsus sahifa ochdi. Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmoni bilan O‘zbekiston soliq tizimini jiddiy ravishda o‘zgartiradigan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi (batafsilroq – bu yerda).
Shu munosabat bilan Prezident Bosh maslahatchisining o‘rinbosari boshchiligidagi maxsus ishchi komissiyaga 1.12.2018 yilgacha Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Tadbirkorlar va fuqarolar hujjatning yangi tahriri qanday normalarni o‘z ichiga olishi kerakligi haqidagi fikr-mulohazalarini yo‘llashlari uchun DSQ «Soliq kodeksini birgalikda yozamiz» maxsus sahifasini ishga tushirdi. 2 mingtagacha ishoradan iborat matnli takliflar u orqali qabul qilinadi.
O‘z ma’lumotlarini (F.I.O., elektron pochta manzili va telefon) ko‘rsatish talab etiladi. Bu muhokama ishtirokchilarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlari faoliyatiga jalb etish uchun zarurdir.