"Arsax – bu "hamma narsa", Pashinyan – bu "hamma narsa". Armaniston taslim bo‘ldi. Aliyev va Erdo‘g‘an o‘zlarining barcha vazifalarini bajardilar. Bu haqda Donesk Xalq Respublikasi sobiq mudofaa vaziri Igor Girkin (Strelkov) o‘zining "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Girkin Rossiya Federasiyasi Armaniston oldidagi ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishdan qochishi kerak bo‘lgan "ayyor rejalar"ning mavjudligi haqidagi taxminlari noto‘g‘ri bo‘lib chiqqanligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin rasmiy ittifoqdoshini shu qadar oshkora sotdiki, bu Putindan samimiylikni kutganlar uchun kaltak bo‘ldi.
Igor Girkin boshidanoq Rossiya Federasiyasining Armaniston tomonidagi urushda qatnashishiga qarshi bo‘lganini ta’kidladi, ammo Moskva "qandaydir tarzda bilvosita, ammo qandaydir tarzda samarali ravishda armanilarga yordam beradi", deb umid qilgandi. “Bravo, Vladimir Vladimirovich! Endi o‘zlarining mag‘lubiyatlarida ayblash uchun armanlarda kimdir bor. Yana bir dahshatli xiyonat..." – deb yozgan Girkin.
Uning ta’kidlashicha, endi Rossiya yana bir qaynoq nuqtaga ega bo‘lib, u yerda qimmatbaho harbiy kontingentni saqlashi kerak, bu esa Turkiya bilan munosabatlar yomonlashishi mumkin bo‘lgan taqdirda xavf ostida bo‘ladi. Igor Girkin, shuningdek, Armaniston qo‘shinlari ular nazorati ostida bo‘lgan hududlarni tark etgan taqdirda ham Ozarbayjon o‘z majburiyatlarini bajarmasligiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, 9 noyabr kuni Ozarbayjon va Rossiya Prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Putin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ mojarosi zonasidagi barcha harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladilar.