Eng yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Zarruh Adashev (5-4) navbatdagi jangi borasidagi tafsilotlarni ochiqladi.
So‘nggi bor 2022 yilda oktagonga chiqqan Adashev o‘z intervyusida iyun oyida navbatdagi jangini o‘tkazishini aytdi. Hozircha Zarruhning qaysi ligada kimga qarshi jang qilishi noma’lum. U ayni paytda AQShning Nyu-York shtatida MMA murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Zarruh Adashev 2020-2022 yillar oralig‘ida UFC'da to‘rtta jang o‘tkazgan va ularning bittasida g‘alaba qozongan, uchta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Shuningdek, Zarruh Adashev Bellator ligasida ham uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.