Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sobiq prezident yerto‘laga joylashtirilgach ochlik e’lon qildi

Sobiq prezident yerto‘laga joylashtirilgach ochlik e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-tergov izolyatoridagi sharoitlarga nisbatan norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev xabar berdi.

"Atamboyev davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan Bishkekdagi 1-tergov izolyatoriga o‘tkazildi. U ochlik e’lon qildi. Atamboyev hozir ilgari o‘lim jazosiga hukm qilinganlar joylashtirilgan yerto‘lada yotibdi. U yerda oddiy sharoitlar ham yo‘q", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgandi. Ular Atamboyev saqlanayotgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan va uni ozodlikka chiqarishgandi. 

Almazbek Atamboyev 10 oktyabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Kiritildi: 18:35 26.10.2020. O'qildi: 3521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!