Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Sobiq futbolchi bedarak yo‘qoldi

Sobiq futbolchi bedarak yo‘qoldi

"Kuinz Park Reynjers" sobiq o‘yinchisi Akosh Bujakining Vengriyada bedarak yo‘qolgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bujaki KPR Premyer-ligada to‘p tepgan 2011/12 yilgi mavsumda "Loftus Roud"da o‘ynagan.

"Klub muxlislarning sevimlisiga aylangan Akosh Bujakining bedarak yo‘qolganini bilib, qattiq xavotirga tushdi. Hammamiz u sog‘-omon topilishini so‘rab duo qilamiz", – deyiladi xabarda.

Shuningdek, 44 yoshli Bujakining faoliyatida "Plimut", "Portsmut", "Portu", MTK, "Barnsli" va "Ferensvarosh" klublari ham bo‘lgan. Sobiq yarim himoyachi terma jamoa safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Vengriya OAVning ma’lum qilishicha, Bujaki bir haftadan ortiq vaqtdan beri aloqaga chiqmayapti va polisiya uni qidirmoqda.

Kiritildi: 15:44 27.08.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!