Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Sobiq bokschi samolyotning qo‘lga olinishining oldini oldi

A A A
Sobiq bokschi samolyotning qo‘lga olinishining oldini oldi

Fransiyaning boks bo‘yicha 2 karra chempioni Tarik Sohibiddin Myunxendan Parijga parvoz qilayotgan samolyotni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini zararsizlantirdi.

Jurnalist Arno Romeroning Facebook’da ma’lum qilishicha, bezori yo‘lovchi tajovuzkorlik ko‘rsatib, uchuvchilar kabinasiga kirib, samolyot yo‘nalishini o‘zgartirishga majburlamoqchi bo‘lgan. Shunda 46 yoshli sobiq bokschi 2 nafar yo‘lovchi yordamida bezorini polga yiqitib, uning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab qo‘ygan.

Samolyot Sharl-de-Goll nomidagi aeroportga qo‘ngach, bezori polisiyaga topshirilgan. Ta’kidlanishicha, u psixiatrik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Sohibiddin professional boksdagi faoliyatida 23 ta jang o‘tkazib, 12 ta g‘alabaga erishgan va 11 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 08:00 26.08.2018. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik