Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoning Yevropa Ittifoqi sammitiga yetib kelgan samolyoti Bryussel aeroportida jiddiy shikastlandi.
Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Slovakiya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, samolyot zinapoyali transport vositasiga urilgan, bu esa keyingi parvozlar uchun texnik jihatdan yaroqsiz bo‘lgan.
"Bryusseldagi murakkab sammit juda qiyin boshlandi. Aeroportda zinapoyalari bo‘lgan mashina bizning samolyotimizga shunchalik shikast yetkazdiki, endi u parvozga yaroqsiz va biz uni shu yerda qoldirishimiz kerak", - dedi Fiso.