Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sizu biz bilgan mashhur jinoyatchi butun umrga "kesildi"

Sizu biz bilgan mashhur jinoyatchi butun umrga "kesildi"

AQSh El Chapo (Pakana) laqabli narkobaron Xoakin Gusmanni umrbod qamoq jazosi va qo‘shimcha 30 yilga qamash haqida hukm chiqardi. U shuningdek $12 mlrd jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqda "Minbar" yozmoqda.

Dunyoda eng xavfli Sinaloa narkokartelini boshqargan meksikalik Xoakin Gusmanni Nyu-York federal sudi 10 ta epizod bo‘yicha, xususan katta miqdorda pul yuvish va narkotrafikda aybdor deb topgan.

AQShni geroin, metamfetamin kabi narkotiklar bilan to‘ldirib tashlagan Pakana 2009 yilda Forbes ro‘yxatiga kirgan edi. Dunyoning eng boy odamlari orasida u 701-o‘rinni olgan.

Pakananing qo‘l ostidagilar sudda u yuzlab odamni shaxsan o‘ldirgani, zo‘rlagani va qiynagani haqida ko‘rsatma bergan.

Xoakin Gusman Meksikada bir necha marta qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Oxirgisida Gusman 2015 yil iyulida alohida qo‘riqlanadigan qamoqxonadan xonasigacha qazilgan bir necha kilometrlik yerosti yo‘li orqali maxsus motosiklda qochib ketgandi.

Meksikada hukumat va narkokartellar o‘rtasida hozirgacha davom etayotgan urushda 100 mingdan ko‘proq odam o‘lgan.

Kiritildi: 14:07 18.07.2019. O'qildi: 4989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!