Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Siti” rahbarlari “Real”ni “uxlatmoqchi”

“Siti” rahbarlari “Real”ni “uxlatmoqchi”

“Manchester Siti” rahbariyati “Real” klubi kutayotgan iste’dod egasini o‘ziga og‘dirib olmoqchi.

Diario Sport nashrining yozishicha, Yevropaning bir necha grandlari nazari “River Pleyt”ning 16 yoshli o‘yinchisi Franko Mastantuonoga tushgan.

Hujumkor futbolchining shartnomasini uni 53 million yevroga transfer qilish imkonini beruvchi band bor.

“Real” vakillari anchadan beri yosh o‘yinchini kuzatib kelmoqda. Biroq, “Manchester Siti” bu vunderkindni madridliklarga yerib qo‘ymoqchi emas.

Mastantuono barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi. 16 yoshli futbolchining amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha imzolangan.

Transfermarkt portali ekspertlari o‘yinchini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:39 24.06.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!