AQSh prezidenti Donald Tramp Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiyni o‘zining sevimli diktatori deb atadi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Nashrda ta’kidlanishicha, bu holat iyul oyida Biarrisda o‘tkazilgan G7 sammiti doirasida yuz bergan.
Uchrashuvdan oldin Tramp bor ovozda “Mening sevimli diktatorim qani?” deb Sisiyni so‘ragan. Shu paytda zalda amerikalik va misrlik amaldorlar bor edi.
Gazeta xabarini bu holatga guvoh bo‘lgan bir necha kishi tasdiqladi. Ular Trampning savolini eshitganlarini, u bu gapni hazil ohangida aytganini bildirishdi.
Trampning bu gapini Misr prezidentining o‘zi ham eshitdimi yoki yo‘qmi, bu ma’lum qilinmayapti.