Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda xonadonga yashirincha kirib o‘zganing mol-mulklarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi (foto)

Sirdaryoda xonadonga yashirincha kirib o‘zganing mol-mulklarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi (foto)

2021 yil 13-oktyabr kuni Shirin shahar “Farhod” mahallasida yashovchi fuqaro B.S. noma’lum shaxs yashash xonadoniga deraza oynasi orqali kirib, uyida bo‘lgan bir dona 2.000.000 so‘mlik “Redmi 9” nomli telefon apparati, bir dona qora rangli erkaklar charm kurtkasi va uning cho‘ntagida bo‘lgan 100.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Sirdaryoda xonadonga yashirincha kirib o‘zganing mol-mulklarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi (foto)

Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surushtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Bekobod tumanida yashovchi G‘.A.ekanligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi B.S.ga tegishli bo‘lgan bir dona “Redmi 9” nomli telefon apparati va bir dona qora rangli erkaklar charm kurtkasi daliliy ashyo tariqasida olinib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gʻ.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 13:12 22.10.2021. O'qildi: 2945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!