Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda subsidiya pul mablag‘lari talon-toroj qilindi

Sirdaryoda subsidiya pul mablag‘lari talon-toroj qilindi

Sirdaryoda yengil konstruksiyali issiqxona qurilishi hamda sug‘orish vositalarini sotib olinishi uchun ajratilgan subsidiya pul mablag‘lari talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan subsidiya mablag‘larini Oqoltin tumanida yashovchi ishsiz fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxona qurish hamda sug‘orish vositalarini sotib olinishi yuzasidan tekshirish hujjatlari o‘rganilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumanda yashovchi ishsiz fuqarolarga issiqxona o‘rnatish hamda sug‘orish vositalari xarajatlari uchun BKMning xisob raqamiga 2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 1 avgustga qadar jami 385.510,0 ming so‘m mablag‘ rejalashtirilgan bo‘lib, 1 avgust xolatiga jami 209.110,0 ming so‘m mablag‘lari xarajat qilinganligi, rejalashtirilgan mablag‘lardan 144.950,0 ming so‘mi yengil konstruksiyali issiqxonalar qurishga, 50.160,0 ming so‘mi sug‘orish vositalari sotib olish hamda 14.000,0 ming so‘mi urug‘ va ko‘chatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligi, yengil konstruksiyali issiqxona qurish va sug‘orish vositalari sotib olish uchun saflangan xarajatlardan 63 nafar fuqaroga 144.950,0 ming so‘mlik issiqxona qurib berish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, Oqoltin tuman bandlikka ko‘maklashish markazi ma’sullari SH.X., G.YA. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, mansab mavqeini suiste’mol qilib, haqiqatda 36 nafar fuqarolarga jami 80.280,0 ming so‘mlik yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berib, qolgan 25 nafar fuqarolarga 56.850,0 ming so‘mlik issiqxonalar qurib berilmasdan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, 23 nafar fuqarolarga 50.160,0 ming so‘mlik sug‘orish vositalari olib berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, haqiqatda 15 nafar fuqaroga 34.550,0 ming so‘mlik sug‘orish vositalari olib berib, qolgan 8 nafar fuqarolarga jami 15.610,0 ming so‘mlik sug‘orish vositalari berilmasdan, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, jami 72.460,0 ming so‘m miqdordagi o‘ziga ishonib topshirilgan o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tuman bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ullari SH.X., G.YA. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Oqoltin tuman prokuraturasiga yuborilgan.

"Bugungi kunda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:57 30.10.2020. O'qildi: 2231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!