Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda poyezd ostida qolib, vafot etgan ayol haqida ma’lumot berildi

Sirdaryoda poyezd ostida qolib, vafot etgan ayol haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoning Xovos tumanida bir ayolni poyezd «ikkiga bo‘lib tashladi» nomli tarqalgan fotolavhalar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

"Joriy yilning 24 may kuni soat 13-30 larda Sirdaryo viloyati IIB TXTB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, «Xovos-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2 km 6 piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999 yilda tug‘ilgan Xovos tumani Gulbaxor MFYda yashagan T.SH. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 16:07 28.05.2021. O'qildi: 5257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!