Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

Sirdaryoda noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX, IIB va Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati boshqarmalari, Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Xovos tumani hududida kripto-aktiv qurilmalaridan (“Mayning”-ferma) noqonuniy foydalanish holatini aniqlash borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida, Xovos tumanida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi E.D.ning yashash xonadoni yordamchi xo‘jalik binolari ko‘zdan kechirilganida, O‘zbekiston fuqarosi X.I. kompyuter ehtiyot qismlaridan (videokarta, blok pitaniya, xotira kartasi, plata) qo‘lbola usulda yasalgan, katta hajmdagi kripto-aktiv qurilmalaridan (“Mayning”- ferma) lisenziyasiz noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushbu holat yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasidan mutaxassis ishtirokida elektr energiyasidan foydalanish holati o‘rganilganda, qonunga xilof ravishda 265,2 mln. so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, belgilangan tartibda mutaxassislar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda ushbu tezkor tadbir davomida fuqaro E.D. va X.I.lardan 11 turdan iborat, jami 3529 dona, taxminiy qiymati 9,2 mlrd. so‘mlik kompyuter qurilmalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tekshiruv va surishtiruv natijasida bunday noqonuniy faoliyatni Koreya davlati fuqarosi S.Y. va O‘zbekiston fuqarosi X.I.lar o‘zaro oldidan til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaror talablarini zid ravishda buzib faoliyat olib borayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan bugungi kunda bojxona organlari tomonidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:50 30.08.2021. O'qildi: 2944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!