Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda “Kamaz”ga urilgan "Isuzu" yonib ketdi

Sirdaryoda “Kamaz”ga urilgan "Isuzu" yonib ketdi

Joriy yilning 21 iyul kuni soat 04:30 larda, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-39 yo‘lining 920 km.da “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida haydovchi A.J. o‘z boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib ketayotib, qarshisidagi transport vositasining uzoqni yorituvchi chiroqlari yorug‘ligi ko‘zini qamashtirganligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi B.B. boshqaruvidagi “Kamaz 53212” rusumli yuk avtomashinasi tirkamasining orqasiga borib urilgan. Shundan so‘ng, "Isuzu" rusumli yuk avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, "Isuzu" rusumli yuk avtomashinasi yo‘lovchisi S.P. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in bartaraf etilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oqoltin tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:51 21.07.2020. O'qildi: 3589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!