Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda huquqbuzarlik aniqlandi

Sirdaryoda huquqbuzarlik aniqlandi

Mamlakatimizda tadbirkorlarning manfaatlari yo‘lida barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning bizneslari rivojlanishi yo‘lidagi sa’y-harakatlari keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Biroq, ba’zi tadbirkorlarning mana shu g‘amxo‘rliklarga nisbatan iste’molchi sifatida  noqonuniy hatti-harakatlarni amalga oshirayotganlariga nima deysiz?

Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan  M.Ulug‘bek mahallasida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi tekshirilganida fuqaro S.A. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyadan foydalanish qoidalari talablariga zid ravishda, hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishda bo‘lgan elektr tarmog‘iga hisoblagichni hisobdan o‘tkazmay, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Noqonuniy foydalanish natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 2 785 034 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi. Zarar miqdori kam deyish mumkin, ba’zilar. Biroq, holat aniqlanmaganida zarar miqdori oz ozdan ko‘payib ketishi aniq edi. Bu esa albatta tadbirkorning daromadiga zarar yetkazishi tayin.

Huquqbuzar S.A.ga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari qo‘rib chiqilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 baravari ya’ni 1 013 650 so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi va to‘liq undirildi.

Kiritildi: 16:58 14.08.2019. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!