Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda haydovchi YPX xodimiga bo‘ysunmay, uni mashinasida sudrab ketdi

Sirdaryoda haydovchi YPX xodimiga bo‘ysunmay, uni mashinasida sudrab ketdi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 2018 yil 21 dekabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi Namuna ko‘chasida xizmat olib borayotib shu yerda harakatlanib kelayotgan mast holda bo‘lgan U.M. boshqaruvidagi VAZ-21063 rusumli avtomashinani to‘xtatib, undan tegishli hujjatlarini so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, avtoulovni haydab ketgan. Oqibatda avtomashina eshigini qo‘li bilan ushlab turgan xodimni taxminan 40 metr masofagacha sudrab borgan.

Natijada xodim jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. U.M. qo‘lga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:22 22.12.2018. O'qildi: 1599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!