Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda fojia: ikki kishining ahvoli og‘ir (FOTO)

Sirdaryoda fojia: ikki kishining ahvoli og‘ir (FOTO)

2020 yil 04 avgust kuni 12:30 da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-39 yo‘lining 920 km.da Termez-Toshkent yo‘nalishida 2000 yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani Saroyli MFYda yashovchi M.Z. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro Q.O‘. boshqaruvidagi "Avtogreyder" yo‘l ta’mirlash texnikasining orqa tomoniga kelib urilgan.

Natijada "Damas" avtomashinasi haydovchisi M.Z. va yo‘lovchisi T.F. og‘ir tan jarohati olib, Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB YHXB

Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB YHXB

Kiritildi: 09:40 05.08.2020. O'qildi: 5070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!