Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda erkak va ayolning xufiyona uchrashuvi o‘lim bilan yakunlandi

Sirdaryoda erkak va ayolning xufiyona uchrashuvi o‘lim bilan yakunlandi

Zino deb atalmish gunoh har doim va har bir sog‘lom jamiyat orasida uyat va sharmandalik hisoblangan.

Alloh Taolo buyuradi: “Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir”. (Al Isro, 32 oyat).

Zino qilayotgan kishi jamiyatga xiyonat qilayotgan bo‘ladi. Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qaysi bir qavmda zino avj olsa, Alloh o‘sha qavmga bir baloni yuboradi, bu baloni ularning ota-bobolari ham ko‘rgan emas”.

Har bir ayol turmush o‘rtog‘i (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo‘larkan? Qanday qilib buning oldini olish mumkin? Albatta hamma erkak xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha, erkakning xiyonat qilishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: 1) jismoniy holati; 2) o‘zidan ranjish; 3) sifatli jinsiy aloqa; 4) xotinning o‘ziga qaramay qolgani; 5) eriga nisbatan ishonchsizlik; 6) ayolning sovuqqonligi; 7) bo‘sh “erkak”; 8) qasos; 9) erkak krizis davri; 10) qattiq ruhiy siqilish.

Biroq, jamiyatimizda ayrim erkak va ayollar o‘z turmushiga xiyonat qilganligi holati ko‘cha-kuyda, kinolarda, OAVda uchratib turamiz.

Bunga yana bir misol:

- Xovos tumanida yashovchi Barno Aliyeva (ism-sharifi o‘zgartirilgan) o‘zining xushtori Alisher Zaripov (ism-sharifi o‘zgartirilgan, ikkalasining ham turmushi va farzandlari bor) bilan soat 19:00 larda o‘zining yotoqxonasida ishqiy munosabatda bo‘layotgan vaqtida A.Zaripov yurak xuruji tufayli hushidan ketgan, so‘ng B.Aliyeva A.Zaripov bilan ishqiy munosabatini yashirish maqsadida va sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, A.Zaripovni hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolganligini anglagan holda, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun tez yordam bo‘limiga xabar berish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, A.Zaripovni hushidan ketganligi haqida tez tibbiy yordam bo‘limiga xabar bermasdan, A.Zaripovni shu kuni soat 24:00 ga qadar yotoqxonada saqlab, uning biologik o‘limini bilib, hovlisida bo‘lgan eshak aravaga A.Zaripovning murdasini ortib, ko‘chada hech kim yo‘qligidan foydalanib, daladagi yo‘lning chetiga olib borib, tashlab kelgan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, B.Aliyevani O‘zbekiston Respublikasi JKning 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga qonunda belgilangan chorani qo‘lladi.

Tabiiyki savol tug‘iladi, shu holat bo‘lmaganida, balkim o‘z turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilgan A.Zaripov shu ishga qo‘l urmaganida, ayni damda hayot bo‘larmidi?

B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 11:16 05.10.2020. O'qildi: 17790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!