Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryoda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga jarima qo‘llanildi

Sirdaryoda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga jarima qo‘llanildi

"O‘zenergoinspeksiya" Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Sayxunobod tumanida joylashgan “X.X.A.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga nisbatan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 14:55 27.06.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!