Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Sirdaryoda Cobalt haydovchisi bilan birga yonib ketdi

A A A
Sirdaryoda Cobalt haydovchisi bilan birga yonib ketdi

Sirdaryoda yuz bergan avtohalokatda mashina va uning haydovchisi yonib ketdi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25-avgust kuni soat 14:49 da Sirdaryo tumani “Ziyokor” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda Cobalt mashinasi ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga soat 15:03 da yetib borib, yong‘in 3 daqiqada to‘liq o‘chirilgan.

Avtohalokat natijasida mashina boshqaruvida bo‘lgan shaxs ham yonib ketgani aytilmoqda.

Kiritildi: 23:05 27.08.2025. O'qildi: 5467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!