Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryo shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Sirdaryo shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 9 fevral kuni soat 22:03da, Sirdaryo tumani Sirdaryo shahar Shirin mahallasi Ulug‘bek ko‘chasi 339-uyning hovlisidagi avtogarajda yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida avtoturargoh tom-shift qismining 40 m.kv. yongan.

Yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 22:10da yetib borib, yong‘in soat 22:12da qurshab olindi va soat 22:55da batamom o‘chirilgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining sayi-harakatlari natijasida yong‘indan avtogarajga tutash bo‘lgan yashash uyining 150 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in qo‘lbola isitish pechini nazoratsiz qoldirish natijasida sodir bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 14:23 10.02.2020. O'qildi: 2257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!