Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Singapurda davlat xizmatchilari uchun sovchilik platformasi ishga tushdi

Singapurda davlat xizmatchilari uchun sovchilik platformasi ishga tushdi


Singapur hukumati davlat xizmatchilariga juft topishda yordam beruvchi FirstDate platformasini ishga tushirdi.

📱 Platforma 21–35 yoshli davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar Singpass orqali ro‘yxatdan o‘tib, qiziqishlari, odatlari, qadriyatlari va xohishlari haqida so‘rovnomani to‘ldiradi.

Juftliklar Geyl–Shepli barqaror nikoh algoritmi asosida tanlanadi. Har bir ishtirokchiga bir siklda bitta mos nomzod taklif etiladi.

📉 Tashabbus Singapurda nikohning kechikishi va tug‘ilish darajasining rekord darajada pasayishi kuzatilayotgan bir paytda ishga tushirildi.

Ayrim singapurliklar bu tashabbusni tanqid qilgan bo‘lsa, boshqalar yangi xizmatni sinab ko‘rishga qiziqish bildirgan.

📌 FirstDate hozircha davlat xizmatchilari o‘rtasidagi pilot loyiha hisoblanadi.

Kiritildi: 12:45 01.10.2026. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!