Singapur hukumati aholi o‘rtasida kitob o‘qish odatini shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt qolishni kamaytirish maqsadida yangi tashabbusni yo‘lga qo‘ydi.
Loyiha doirasida fuqarolarni telefondan kamroq foydalanib, bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qishga sarflashga rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Tashabbus aholida mutolaaga qiziqishni oshirish hamda raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanishni cheklashga qaratilgan.
Hukumat kitob o‘qishni nafaqat bilim va dunyoqarashni kengaytirish vositasi, balki odamlarni ijtimoiy tarmoqlardan chalg‘itishning samarali usuli sifatida ham targ‘ib qilmoqda.