Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Singapur siyosiy lavozimdagi amaldorlar maoshini oshirishga qaror qildi

Singapur siyosiy lavozimdagi amaldorlar maoshini oshirishga qaror qildi

Singapur 2026 yilda prezident, bosh vazir, vazirlar va parlament a’zolari kabi siyosiy lavozimdagi amaldorlar maoshini oshirishga qaror qildi. Yangi tizim 15 oktyabr 2026 yildan kuchga kiradi

Bosh vazir Lourens Vongning yillik maoshi 2,2 mln SGDdan 3,6 mln SGDga chiqadi. Bu taxminan 64% o‘sish. Eng past darajadagi vazir uchun yillik hisob-kitobdagi maosh mezoni 1,1 mln SGDdan 1,8 mln SGDga ko‘tariladi. Lekin vazirlar birdaniga 1,8 mln olmaydi — dastlab maosh 9% gacha oshiriladi, keyin natija va mas’uliyatiga qarab ko‘tariladi. Parlament deputatlarining oylik nafaqasi 13 750 SGDdan 18 500 SGDga oshiriladi.

Singapur bosh vaziri dunyodagi eng yuqori maosh oladigan siyosiy rahbar bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 11:02 13.09.2026. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!