Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Singapur elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

A A A
Singapur elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Singapur Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zulkifli bin Baharuddin boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Singapur delegasiyasi bilan O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik borasidagi tajribasini o‘rganish va Singapur vazirliklari bilan yaqindan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida hamkorlik masalasi muhokama etildi.
Zulkifli bin Baharuddin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda diniy yo‘nalishdagi ilmiy maktablar faoliyat boshlagani, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tashkil etilgani, O‘zbekistonda islom tadqiqotlari va bu sohadagi ilmiy merosni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida bugungi kunda aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida radikallashuv holatining kamayishi kuzatilayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, muzokara chog‘ida Singapur davlatidan O‘zbekistonga ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlar tashrifini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Manba:muslim.uz

Kiritildi: 06:31 11.07.2018. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik