Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Sigaretmi yoki ruchka: jurnalist ayolning qo‘lidagi nima edi? (VIDEO)

A A A
Sigaretmi yoki ruchka: jurnalist ayolning qo‘lidagi nima edi? (VIDEO)

Britaniyaning Bi-bi-si televideniyesi yangiliklarini olib boruvchi Rita Chakrabarti kadrda sigaretga o‘xshagan buyum bilan paydo bo‘lib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Translyasiya oktyabr oyining oxirida chiqdi, ammo undan olingan kichik lavha ijtimoiy tarmoqlarda faqat dekabrda "virusli" mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi The Mirror.

Ko‘plab tomoshabinlar 55 yoshli jurnalistning videoda o‘rta va ko‘rsatkich barmog‘i orasida tamaki mahsuloti borligini ta’kidlashdi.

Izohlarda foydalanuvchilar ushbu holatdan kulishdi. Ko‘pchilik jurnalist haddan tashqari shoshilgan, shuning uchun u chekishga vaqt topolmagan, deb hazillashdi. Biroq, boshqalar Chakrabartining qo‘lidagi, ehtimol, sharikli qalam bo‘lishi mumkinligini aytishdi. Keyinchalik ushbu variant kanal rahbariyati tomonidan rasman tasdiqlandi.

Kiritildi: 12:35 11.12.2020. O'qildi: 3922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!