Avstraliya polisiyasi Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojir Narvid Akram ekanini ma’lum qildi. Bu haqda ABC xabar berdi.
Telekanal xabariga ko‘ra, Narvid Akram Sidneyning janubi-g‘arbida yashagan, hozirda polisiya uning uyida tintuv o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari otishmani uyushtirgan ikkinchi shaxs Avstraliyada yashab kelgan, jazoirlik migrant ekanini xabar bermoqda, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Sidneydagi terakt sabab chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi va buni Avstraliyada “antisemitizmning avj olishi oqibati” deb atadi.