Sidneyda Rojdestvo bayramlari cheklangan bo‘lib, barcha tantanalar 21 dekabr, yakshanba kuniga qadar bekor qilinadi.
Bu haqda 9News telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Bondi-Bichdagi hujum qurbonlariga hurmat va yahudiy jamiyati bilan birdamlik belgisi sifatida shahar bo‘ylab Rojdestvo chiroqlari oq gulchambarlarga almashtiriladi. Rojdestvo archa maydonlarida yorug‘lik va ovozli namoyishlar bo‘lmaydi, “Shahardagi Rojdestvo karollari” qo‘shiqlari dasturi hafta oxirigacha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Sidneyning Darling bandargohida Rojdestvo bayramiga bag‘ishlangan ba’zi feyerverklar bekor qilingani xabar qilingan.