Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sidneyda akulalar ikki bolaga hujum qildi

Sidneyda akulalar ikki bolaga hujum qildi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida, Sidney shahrida akulalar 11 va 12 yoshli ikki bolaga hujum qildi.

ABC News xabariga ko‘ra, 12 yoshli bola hujum oqibatida ikki oyog‘idan ham og‘ir jarohat olib, reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. Shu kuni Sidney shimolidagi Dee Why sohilida akula 11 yoshli bolaning serfing taxtasini tishlab olgan, bola jarohat olmagan.

Hodisadan so‘ng hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, akulalarni aniqlash uchun dronlar yordamida qidiruv ishlari boshlandi.

Kiritildi: 21:17 19.01.2026. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!